» » Buyuk Britaniya shahzodasi Charlz koronavirusdan tuzalib, karantindan chiqdi

Buyuk Britaniya shahzodasi Charlz koronavirusdan tuzalib, karantindan chiqdi


Koronavirusga chalingan Buyuk Britaniya shahzodasi Charlz mazkur kasallikdan tuzaldi va shifokor ko‘rigidan keyin karantindan chiqdi. Bu haqda qirollik qarorgohi bayonotiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 71 yoshli shahzoda yetti kun davomida Shotlandiyadagi Balmoral qal’asida izloyatsiyada bo‘lgan. U ayni paytda o‘zini yaxshi his qilmoqda hamda Buyuk Britaniya hukumati tomonidan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha joriy qilingan cheklovlarga rioya qilmoqda.

Shahzoda Charlzda koronavirus aniqlangandan keyin uning 72 yoshli rafiqasi ham tekshiruvdan o‘tgan va unda kasallik aniqlanmagan. Shundan so‘ng, ular Shotlandiyadagi qal’aga o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish uchun ketgan.

Qayd etilishicha, shahzoda Charlz virusni kimdan yuqtirib olganligini aniqlash imkonsiz, chunki u kasallik aniqlanishidan oldin turli kishilar bilan ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazgan.

Avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirusga chalingani hamda Buyuk Britaniya hukumati a’zolariga koronavirus yuqtirgan eng birinchi bemorning kimligi ma’lum bo‘lgan edi.

Mavzuga doir: Koronavirus yuqtirib olgan mashhurlar (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 115) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют