» » Karantin paytidagi inson qalbini junbushga keltiradigan suratlar (foto)

Karantin paytidagi inson qalbini junbushga keltiradigan suratlar (foto)


Koronavirus pandemiyasi tufayli butun dunyoda kuzatilayotgan karantin aksariyat qarindoshlarni bir-biridan uzoqlashtirdi. Biroq quyidagi suratlardagi insonlar bir binoda bo‘lmasdan turib, diydorlashish yo‘lini topdi, deb xabar beradi Cosmopolitan.

Bobo va buvi nevarasini ko‘rgani keldi

Keksalar va bolalar virusni yuqtirib olishga eng ko‘p moyil bo‘lganlar hisoblanadi. Shuning uchun ular karantin paytida o‘zlarini ehtiyot qilishlari kerak. Biroq mana bu insonlar nevarasini shu qadar sog‘inganidan yopiq eshik ortidan bo‘lsa ham uni ko‘rishga keldi.

Er va xotin bir necha daqiqaga diydor ko‘rishdi

Xitoylik er-xotinning ushbu surati ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Er ham xotin ham koronavirusga qarshi kurash olib borayotgan davlat xizmatida bo‘lgani uchun ko‘rishishga ulgurmayapti. Politsiyachi va hamshira oyna orqali bir-birini ko‘rib, telefonda suhbatlashdi.

Bobosiga turmushga chiqayotganini aytish uchun kelgan nevara

Turmushga chiqayotgan qiz karantinda o‘tirgan bobosiga xushxabarni yetkazib, uning kayfiyatini ko‘tardi. Bobo karantin bo‘lmaganida nevarasini bag‘riga bosib, tabriklagan bo‘lardi.

Nevara bilan ilk uchrashuv

Butun dunyo koronavirus muammosini qanday hal qilish haqida bosh qotirayotgan bir paytda kimdir farzandini dunyoga keltirmoqda. Keksa otaxon va onaxon nevarasi bilan oyna orqali tanishdi.

O‘g‘lini oyna orqali o‘payotgan ona

Chen Juysyu Sinyan shahridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida ishlaydi. Shuning uchun u og‘li bilan bir oydan beri to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘risha olmayapti. Farzandini juda sog‘ingan ona uni oyna orqali bo‘lsa ham o‘pib qo‘ymoqda.

Sevgilisi bilan uchrasha olmayotgan xitoylik hamshira

Xitoylik yana bir hamshira sevgan yigitining hayotini xavf ostiga qo‘ymaslik uchun u bilan vaqtincha uchrashmay turishga qaror qildi.

Nevaralarini ko‘rishga kelgan britaniyalik bobo va buvi

Bobo-buvi hamda nevaralar o‘rtasida o‘ziga xos rishtalar mavjudligini isbotlovchi surat. Ularning quvonchi va tabassumiga qarang!

Xaydi Klum va uning turmush o‘rtog‘i karantinga amal qilmoqda

Model Xaydi Klum bir hafta o‘zini yomon his etdi, shuning uchun koronavirus testining javobi chiqqunicha eridan uzoqroq bo‘lishga qaror qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют