» » Ichki ishlar xodimlari ko‘chada sababsiz yurganlarni to‘xtatib, uyiga qaytarib yuborishi mumkinligi ma’lum qilindi

Ichki ishlar xodimlari ko‘chada sababsiz yurganlarni to‘xtatib, uyiga qaytarib yuborishi mumkinligi ma’lum qilindi


Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida faoliyat olib borayotgan ichki ishlar xodimlari ko‘chada yurgan fuqarolarni to‘xtatib, ularning ko‘chaga chiqish sababini so‘rashga haqli. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar markazlarida faoliyat olib borayotgan post-patrul xizmati xodimlari ko‘chada yurgan kishilarni to‘xtatib, ko‘chaga chiqish sababini so‘rashga haqli. Agar fuqarolarning sababsiz yurgani aniqlansa, ichki ishlar xodimlari fuqarolarga ogohlantirish berib, ularni uyiga qaytarib yuboradi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonliklarga karantin payti boshqa viloyatlardagi dafn marosimlarida ishtirok etishga ruxsat berilmasligi aytildi

Avvalroq Ichki ishlar vazirligi karantin vaqtida sodir etilgan qoidabuzarliklar statistikasini e’lon qilgan edi. Shuningdek, Farg‘onada karantin qoidasini buzib, ichki ishlar xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan ayolning qamalgani, Qo‘qonda koronavirusga chalinganlar haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan deputatga jinoiy ish qo‘zg‘atilgani ma’lum qilindi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantinning qachon tugashi noma’lum ekanligi aytildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют