» » Majburiy ijro byurosi “Ohangaronshifer”ning 146 nafar xodimiga 388 mln so‘mlik ish haqini undirib berdi

Majburiy ijro byurosi “Ohangaronshifer”ning 146 nafar xodimiga 388 mln so‘mlik ish haqini undirib berdi


Majburiy ijro byurosining Ohangaron shahar bo‘limi “Ohangaronshifer” aksiyadorlik jamiyatidan 146 nafar ishchiga jami 388 million so‘mlik ish haqini undirib berdi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, ijro harakatlari davomida qarzdorning hisob raqamida pul mablag‘lari bo‘lmaganligi sababli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonun talablari asosida qarzdorga tegishli 13 800 dona shifer tayyor mahsuloti qarzdorlik hisobiga ro‘yxatga olinib xatlangan. Makur mahsulotlar tegishli tartibda baholatilib, savdo do‘koni orqali savdoga chiqarilgan.

Natijada qarzdor kompaniyaning mol-mulki sotuvi hisobidan sud qarorlari asosida 146 nafar xodimning jami 388 790 229 so‘mlik oylik ish haqi 2020-yilning 30—31-mart kunlari to‘liq undirib berilgan.

Avvalroq Farg‘onada davlatga 77 million so‘mdan ortiq zarar yetkazgan “Suvoqova” korxonasi rahbari uni to‘liq qoplab bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют