» » Majburiy ijro byurosi da’vogar tashkilotlar foydasiga 16 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirib berdi

Majburiy ijro byurosi da’vogar tashkilotlar foydasiga 16 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirib berdi


Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan da’vogar tashkilotlar foydasiga 16 milliard so‘mdan ortiq qarzdorlik undirib berildi. Bu haqda MIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Aniqlanishicha, Toshkent viloyati Ohangaron tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “Angren Logistika markazi” AJ hisobidan undiruvchi davlat va yuridik tashkilotlar foydasiga jami 16 380 000 000 so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Angren shahar bo‘limiga kelib tushgan.

Davlat ijrochilarining ijro harakatlari davomida, “Angren logistika markazi” AJga tegishli bo‘lgan 8,66 gektarda joylashgan umumiy maydoni 47906,3 kvadrat metr bo‘lgan ko‘chmas mulk (noturar binosi) boshlang‘ich bahosi 40 milliard 452 million so‘mga baholangan.

Mazkur ko‘chmas mulk (noturar binosi) kimoshdi savdosida “Elektron-onlayn auksionlarning tashkil etish markazi” DUKning bayonnomasiga asosan 20 milliard 226 million so‘mga “Intisoar Near” MChJga sotilgan. Buning natijasida tadbirkorlik subyektlari foydasiga 1 milliard 986 million so‘m, davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 7 milliard 700 million so‘m soliq qarzdorlik, “O‘zavtosanoat” AJ foydasiga esa 9 milliard, xodimlar foydasiga 1 milliard 141 million so‘m ish haqi va “O‘zavtosanoat” AJ foydasiga 9 milliard 399 million so‘m qarzdorlik to‘liq undirilganligi ma’lum qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2019, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют