» » iPhone 9 aprel oyining o‘rtasida taqdim etilishi mumkin

iPhone 9 aprel oyining o‘rtasida taqdim etilishi mumkin


Taniqli tahlilchi Jon Prosser o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali yaqin orada taqdim etilishi kutilayotgan iPhone 9’ga oid ayrim ma’lumotlar bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi “Rozetked”.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, Apple’ning yangi smartfoni taqdimoti 15-aprel kuni bo‘lib o‘tadi, 22-aprelda esa qurilma butun dunyo bo‘ylab sotuvga chiqadi. Bu haqda kompaniya xodimlarning ichki yig‘ilishida ma’lum qilgan.

Insayderning ta’kidlashicha, ushbu muddatlar hozircha taxminiy bo‘lib, koronavirus sabab o‘zgarib qolishi mumkin.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone 9 sakkizinchi modeldagi shaklini saqlab qolib, 4,7 diagonalli displeyga ega bo‘ladi. Gadjet uchun g‘iloflar yaqindagina Best Buy do‘konida paydo bo‘lgan.

Avvalroq iOS 14 operatsion tizimi kodida iPhone 9 Plus haqida ma’lumotlar aniqlangani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют