» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 400 kishidan oshdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 400 kishidan oshdi


Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 400 kishidan oshib ketdi. Bu haqda Qozog‘iston davlat komissiyasining tezkor shtabiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Mamlakatda virus bilan kasallanish bo‘yicha yana 16 holat aniqlandi. Bular: Nur-Sultonda — yetti, Atirau viloyatida — ikki, Qarag‘anda viloyatida — olti va Shimoliy-Qozog‘iston viloyatida — bir nafar. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusni yuqtirib olganlar soni 402 kishiga yetdi”, — deyiladi tezkor shtab xabarida.

Avvalroq Qozog‘istonda koronavirusdan vafot etish bo‘yicha uchinchi holat qayd etilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Olmaotaga blokpostlarni aylanib o‘tib kirmoqchi bo‘lgan 3 nafar o‘zbekistonlik qamoqqa olindi

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda koronavirus tarqalishi munosabati bilan 16-martdan 15-aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy qilingan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 181 kishiga yetdi. Mamlakatga koronavirus kirib kelganidan beri ikki kishi bu kasallik oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют