» » A Seriya klublari 2019-yil agentlarga qancha pul to‘lagani ma’lum bo‘ldi

A Seriya klublari 2019-yil agentlarga qancha pul to‘lagani ma’lum bo‘ldi


Italiya futbol federatsiyasi mamlakat klublarining 2019-yilda agentlarga sarflagan puli miqdorini ma’lum qildi.

A Seriya klublari umumiy miqdorda vositachilarga 187 851 488 yevro sarflagan. Bu 2018-yildagi miqdordan 16,3 millionga ko‘p degani. Bu yerda agentlarga futbolchilarning o‘zi tomonidan to‘langan pul miqdori ko‘rsatilmagan. Mazkur miqdor 13,7 million yevroni tashkil etmoqda.

Italiya chempionatida agentlarga eng ko‘p pul sarflagan klub “Yuventus” bo‘ldi — 44,3 million yevro. Yana uchta klub 10 milliondan ko‘p mablag‘ sarflagan — “Inter” (31,8 mln yevro), “Roma” (23,2 mln yevro) va “Milan” (19,6 mln yevro).

B Seriya klublari 2019-yilda agentlarga 19,4 million yevro sarf qilgan, shularning 6 millioni “Empoli” klubiga tegishli.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют