» » UEFA Yevro—2020 musobaqasini qoldirish uchun liga va klublardan 300 mln yevro talab qiladi

UEFA Yevro—2020 musobaqasini qoldirish uchun liga va klublardan 300 mln yevro talab qiladi


UEFA tashkiloti Yevro—2020 musobaqasini qoldirish evaziga mintaqa top klublari va ligalaridan 275 million funt (302 million yevro) talab qiladi.

The Athletic nashrining xabar qilishicha, tashkilotdagilarning hisob-kitobiga ko‘ra Yevro—2020 ni 2021-yilga surish shuncha mablag‘ talab qiladi. Mazkur ma’lumotlarni UEFA 17-mart, seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan videokonferensiyada taqdim etadi.

Avvalroq mazkur yig‘ilishda Yevro—2020 musobaqasini surish masalasi ko‘rilishi xabar qilingandi. Keyinchalik esa UEFA milliy chempionatlar yakunlanmay qolsa, hozirgi yetakchilarni chempion deb e’lon qilishi borasida xabarlar tarqaldi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus sabab Yevropaning ko‘plar mamlakatlarida milliy chempionatlar to‘xtatildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 114) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют