» » IIB xodimlarini Telegram’da haqorat qilib, soxta ma’lumot tarqatgan qo‘qonlik deputat 15 sutkaga qamaldi

IIB xodimlarini Telegram’da haqorat qilib, soxta ma’lumot tarqatgan qo‘qonlik deputat 15 sutkaga qamaldi


Telegram ijtimoiy tarmog‘ida IIB xodimlarini haqorat qilib, ularga bo‘ysunmaslikni da’vat qilgan qo‘qonlik deputat 15 sutkaga qamaldi, — deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov.

Qo‘qon shahar Ma’muriy sudi raisi Nodirjon Hojimatovning ma’lum qilishicha, xalq deputatlari Qo‘qon shahar kengashi deputati M.A. 28-mart, shanba kuni, soat taxminan 22:30 larda shahar kengashi deputatlari a’zo bo‘lgan Telegram guruhida ichki ishlar xodimlariga nisbatan qo‘pol so‘zlar ishlatib, ularga nisbatan kamsituvchi fikrlar bildirgan. IIB xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslikka da’vat qilib, soxta uydirmalar tarqatgan.

Qo‘qon shahar prokurorining 30-martdagi taqdimnomasiga asosan, Xalq deputatlari Qo‘qon shahar kengashi M.A.ni daxlsizlik huquqidan mahrum qilib, sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoni qo‘llashga rozilik bergan. Huquqbuzarga nisbatan to‘plangan hujjatlar shu kuni Qo‘qon shahar ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan.

M.A. sud majlisida joriy yil 28-mart kuni soat taxminan 16:00 larda karantin vaqtida kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatish uchun o‘zining Malibu rusumli mashinasida Qo‘qon shahriga kirmoqchi bo‘lganida IIB xodimlari ruxsat bermaganini, shundan so‘ng aylanma yo‘llar bilan shaharga kirganini aytgan.

Uning ta’kidlashicha, shu kuni soat 18:00 larda Qo‘qon shahar hokimligiga borish maqsadida shaxsiy avtomashinasida yo‘lga chiqib, Istiqlol va Turon ko‘chalari kesishmasida o‘rnatilgan blok postda turgan IIB va Milliy gvardiya xodimlaridan hokimlikka o‘tish uchun ruxsat so‘ragan. Deputatlik guvohnomasi va ruxsatnomasini ko‘rsatish orqali o‘tish uchun ruxsat ololmagan. Shundan keyin u uyiga qaytib kelib, holatdan asabiylashib, xalq deputatlari Qo‘qon shahar kengashi deputatlari a’zo bo‘lgan Telegram’dagi guruh orqali ichki ishlar xodimlariga nisbatan qo‘pol so‘zlar ishlatgan. Deputatlarni IIB xodimlarining o‘z vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarmaslikka da’vat qilgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 195-moddasi (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) bilan aybli deb topilgan M.A. 15 sutkaga qamaldi va ma’muriy qamoq xarajatlarini to‘laydigan bo‘ldi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют