» » YPX xodimlari haqida soxta ma’lumot tarqatgan qashqadaryolik ikki fuqaro 7 sutkadan qamaldi

YPX xodimlari haqida soxta ma’lumot tarqatgan qashqadaryolik ikki fuqaro 7 sutkadan qamaldi


Shahrisabz shahar “Kesh” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida 1992-yil tug‘ilgan Q.Sh. va 1994-yilda tug‘ilgan A.A.larning militsiya xodimlariga ommaviy ravishda bo‘ysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida atayin soxta uydirma tarqatgan qilmishi sayyor sud majlisida ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Daryo”ga Qashqadaryo viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Javlon Baxtiyev ma’lum qilmoqda.

Viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, fuqarolar Q.Sh va A.A lar Shahrisabz shahrida o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlari Jo‘rabek To‘xtayev hamda Bekzod Xo‘jaqulovlar faoliyatiga to‘sqinlik qilib, xodimning o‘z vazifasini bajarishga taalluqli qonuniy talablarini bajarmaslikka ommani da’vat qilgan. Bu ham yetmaganidek ommani chalg‘itish maqsadida internetda yolg‘on ma’lumot tarqatgan.

2-otryad 1-safarbarlik guruhi komandiri, leytenant Shaxtiyor Otaqulovning “Daryo”ga qo‘shimcha qilishicha, haydovchi A.A 2019-yil 7-mart kuni o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan xodim Jo‘rabek To‘xtayev ishiga qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa, fuqaro Q.Sh 21-mart kuni YPX xodimi Bekzod Xo‘jaqulov faoliyatiga to‘sqinlik qilib, holatni atayin noto‘g‘ri talqin qiluvchi vidoesyomka orqali IIB xodimlarini obro‘sizlantirishga intilgan.

Sayyor sudda fuqarolar Q.Sh va A.A.larga 7 sutkadan qamoq jazosi tayinlanib, sudlanuvchilarning qamoqda o‘tirgan har bir kuni uchun eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida har biridan davlat foydasiga 212 863 so‘m miqdorida mablag‘ undirilishi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют