» » Qashqadaryoda yo‘l inspektorlari “qoidabuzar” ayol haydovchilarni bayram bilan tabrikladi

Qashqadaryoda yo‘l inspektorlari “qoidabuzar” ayol haydovchilarni bayram bilan tabrikladi


Qashqadaryo viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayol haydovchilarni bayram bilan qutlamoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri ma’lum qildi.

Qarshi shahrining markaziy ko‘chalaridan biri Islom Karimov ko‘chasida yo‘l inspektorlari tomonidan birin-ketin to‘xtatilayotgan ayol haydovchilarga dastlab qoidabuzarligi tushuntirildi. Ma’muriy bayonnoma tuzish maqsadida hujjat so‘rayotgan inspektorlarga hujjat taqdim qilishga kirishgan ayol haydovchilarga javoban yo‘l inspektorlari 8-mart bayrami bilan tabriklab, yo‘l harakati qoidalari aks etgan kitob hamda gul sovg‘a qilishdi. Bu esa haydovchilar hayratiga sabab bo‘ldi.

“To‘g‘risi, birinchi marotaba yo‘l inspektorlaridan tabrik qabul qildim, — deydi haydovchi Malika G‘ulomova. – Judayam quvontirdi. Bu yurtimizda ayollarga bo‘lgan e’tiborning yana bir nishonasi deb o‘ylayman. Rahmat shuncha e’tibor qilishgani uchun”.

“8-mart bayrami arafasida ayol haydovchilarimizni qutlash maqsadida tashkil etilgan tadbirdan ko‘zlangan maqsad, ayol haydovchilar hushyorligi oshirish va ayollarimiz barcha kasb egalari qatori yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari uchun ham qadrli ekanligini yana bir bor ko‘rsatishdan iborat”, — deydi Qashqadaryo viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xodimi Javlon Baxtiyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют