» » Qashqadaryo hokimi 8-mart munosabati bilan viloyatdagi 500 nafar faol ayolga noutbuk sovg‘a qildi

Qashqadaryo hokimi 8-mart munosabati bilan viloyatdagi 500 nafar faol ayolga noutbuk sovg‘a qildi


Qarshi shahridagi Mulla To‘ychi Toshmuhammedov nomli viloyat musiqali drama teatrida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram kechasi tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev jamiyat hayotida faol bo‘lgan xotin-qizlarning 500 nafariga noutbuk sovg‘a qilinganligini ta’kidladi. Bu haqda viloyat hokimligi “Daryo”ga ma’lum qildi.

“Bayram bahona viloyat hayotidagi faolligi uchun ushbu tadbirga chaqirilgan 500 nafar faol xotin-qizlarga zamonaviy noutbuk va viloyatimizning ko‘zga ko‘ringan yozuvchisi Abdurahim Erkayev muallifligidagi kitob ham sovg‘a qildik, — deydi Zafar Ro‘ziyev.– Ayollarga kitob sovg‘a qilishimiz bejizga emas, boisi farzandlarimiz tarbiyasida asosan ayollar muhim o‘rin tutadi. Shunday ekan, onalarimizning o‘zi birinchi galda ma’naviyati yuksak inson bo‘lishi kerak”.

Konsert so‘ngida tadbir ishtirokchilaridan iborat 500 nafar ayol shahar markazidagi “Vatanparvarlar” bog‘ida ham bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют