» » Ikki oylik karantindan keyin jonlanayotgan Uxan — suratlarda

Ikki oylik karantindan keyin jonlanayotgan Uxan — suratlarda


Mart oyining oxirida Uxan shahrida bundan ikki oy oldin joriy etilgan qattiq karantin rejimi bekor qilindi. Shaharda bir necha kun davomida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha birorta holat aniqlanmagan. Uxandagi ko‘plab korxona va jamoat transportlari o‘z ishini boshlagan. 8-apreldan boshlab boshqa aholi punktlari bilan aloqani cheklash tartibi ham butunlay olib tashlanadi. Uxan COVID-19 koronavirusi tarqalgan shahar hisoblanadi. Shahardagi 11 million aholining qariyb 40 mingga yaqini koronavirus bilan kasallandi, 2,5 mingdan ortiq bemor vafot etdi. “Interfaks” shaharda hayot qayta qizg‘in tus olayotgani tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.

Mavzuga doir: Uxanlik fuqaro shaharda hozirgi ahvol qandayligi haqida gapirib berdi

Eslatib o‘tamiz, Xitoy hukumati shaharga kirish-chiqishni koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 22-yanvar kuni yopib qo‘ygandi. Xubey provinsiyasi sog‘liqni saqlash qo‘mitasi 25-mart kuni yarim tundan boshlab provinsiyaga kirish-chiqishda cheklovlar olib tashlanganini ma’lum qilgan.

Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi 29-mart kuni mamlakatda koronavirus infeksiyasining tarqalishi, umuman olganda, to‘xtatilganini e’lon qilgan. Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning 90 foizdan ortig‘i sog‘ayib ketdi.

Koronavirus bilan bog‘liq boshqa fotogalereyalar:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют