» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 16 taga ko‘payib, 221 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 16 taga ko‘payib, 221 nafarga yetdi


Davomi: Toshkentda koronavirusga chalingan yana bir bemor o‘zini uyda davolashga uringani ma’lum bo‘ldi. Hozirda uning ahvoli og‘ir

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslar soni 3-aprel soat Toshkent vaqti bilan 9:00 holatiga 221 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan xabar berishlaricha, kasallanganlar soni bo‘yicha so‘nggi axborot berilganidan beri bemorlar soni 16 nafarga ko‘paygan.

“Hozirgina Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti rahbariyati bilan bo‘lgan suhbatda aniqlandiki, bemorlarning 17 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyapti. Bemorlarning to‘rt nafari — og‘ir, ikki nafari esa nisbatan og‘ir ahvolda deb baholanmoqda”, — dedi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov “O‘zbekiston 24” telekanalidagi chiqishida.

Avvalroq, 2-aprel 23:00 holatiga O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 205 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi. Mamlakatda ilk kasallanish holati qayd etilganidan beri 25 nafar bemor sog‘aydi, ikki nafari esa kasallikdan vafot etdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar haqida batafsil ma’lumot berildi (infografika)

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Umra safaridan Turkiya orqali qaytgan namanganlik ayolning koronavirusga chalingan 72 yoshli onasi 27-mart kuni tongda infarktdan vafot etgani, uning dafn marosimida birorta ham qarindoshi qatnashmagani haqida xabar berilgan edi.

Koronavirusning O‘zbekistondagi ikkinchi qurboni esa Toshkentda istiqomat qilgan 39 yoshli shifokor ekani aytilgan edi — u kasalligini yashirib, o‘zini uyda davolashga uringan. Undan 14 yoshli qashqadaryolik jiyaniga va asli navoiylik ona-bolaga koronavirus yuqqan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 106) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют