» » Premyer Liganing qolgan o‘yinlarini Xitoyda o‘tkazish taklif etildi

Premyer Liganing qolgan o‘yinlarini Xitoyda o‘tkazish taklif etildi


Angliya Premyer Ligasi klublar rahbarlari bilan birgalikda koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtab qolgan 2019/20-yilgi mavsumni yakunlab qo‘yish rejalarini tuzmoqda.

The Athletic nashrining xabar qilishicha, APL klublaridan biri mavsumning qolgan qismini chet elda —Xitoyda yakunlab qo‘yishni maslahat bergan. G‘oyaga ko‘ra, futbolchilar eng xavfsiz hududlardan birida, o‘z navbatida APL saviyasiga to‘g‘ri keladigan infarastrukturaga ega mamlakatda qolgan bahslarni o‘tkazadi. Klub bazalari va boshqa inshootlar Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash xizmati ixtiyoriga topshiriladi, bu esa tashkilotning ishini yengillashtiradi.

Manbaga ko‘ra, Xitoyga yo‘l olish taklifini Angliya chempionatining qolgan 19 klubi rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, Premyer Liga bahslari 29-turga kelib to‘xtab qolgan. Avvalroq musobaqa mayga qadar qoldirilgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir: 

3-aprel holatiga Buyuk Britaniyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 33 mingdan oshib ketdi. Vafot etganlar soni 3 ming nafarga yaqinlashib qolgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют