» » APLning qolgan o‘yinlari yopiq va neytral maydonda o‘tishi mumkin

APLning qolgan o‘yinlari yopiq va neytral maydonda o‘tishi mumkin


Angliya Premyer Ligasi chempionat joriy mavsumidagi qolgan o‘yinlarni yopiq va neytral stadionda o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

The Sun nashrining xabar qilishicha, tashkilot mavsumning qolgan 92 o‘yinini tomoshabinsiz va neytral maydonda o‘tkazmoqchi. Uchrashuvlarning barchasi Midlendsda bo‘lib o‘tishi mumkin. Bir kunda bir nechta o‘yinlar o‘tkazilishi ehtimoldan xoli emas, jamoalar esa har uch kunda bir marta o‘yin o‘tkazadi.

Shuningdek, bu stadiondagi tibbiyot xodimlari va politsiyachilarning ishini kamaytiradi. Muxlislar PSJ—“Borussiya D” uchrashuvida bo‘lgani kabi stadion atrofiga yig‘ila olmaydi. O‘z navbatida barcha uchrashuvlar jonli efirga uzatiladi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan vaziyatdan keyin kuchli beshlik ligalarida o‘yinlar to‘xtatildi. Avvalroq UEFA Yevro—2020 musobaqasini 2021-yilga qoldirdi, bu esa ligalarga mavsumni tugatib olish imkoniyatini yaratadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют