» » Samarqandda karantin sabab xo‘randaga hot-dog tayyorlab bermagan 63 yoshli fuqaro kaltaklandi. IIB holatga e’tibor bermayotgani aytilmoqda

Samarqandda karantin sabab xo‘randaga hot-dog tayyorlab bermagan 63 yoshli fuqaro kaltaklandi. IIB holatga e’tibor bermayotgani aytilmoqda


Samarqand shahridagi Sartepa massivida joylashgan bozor qorovuli Husinali Murodov “Daryo”ga murojaat qilib, karantin sabab xo‘randaga hot-dog tayyorlab bermagani uchun kaltaklanganini, IIB esa bunga e’tibor qaratmayotganini aytmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yilning 29-mart kuni kechasi soat 03:09 da mast fuqaro bozorga kelib, 63 yoshli qorovul Husinali Murodovdan hot-dog tayyorlab berishni so‘ragan. Bozorda hot-dog tayyorlab sotish bilan shug‘ullanuvchi bozor qorovuli esa karantin sabab ishlamayotganini aytgan. Mast fuqaro esa qorovulni dastlab xona ichkarisida, so‘ng tashqarida kaltaklagan. Bu bozor kuzatuv kameralarida ham tasvirlangan. 63 yoshli Husinali Murodovning sherigi, ikkinchi qorovul esa bu holatni ko‘rib qochib ketgan. Natijada kaltaklangan Husinali Murodov tan jarohati olib, yelkasi singan.

“Bozorcha oldida hot-dog pishirib sotadigan do‘konimiz bor. Biz uni oilaviy yuritamiz. Hozirda yurtimizda e’lon qilingan karantin sababli vaqtincha ishlamayapmiz. Otam bozorga qorovullikka kelgan kunlari o‘sha yerda tunab qoladi”, — deydi Husinali Murodovning o‘g‘li G‘ulomjon Murodov. — “Voqea sodir bo‘lgan kuni otam bozorni ko‘zdan kechirib, o‘sha yerga kelib o‘tirgan. Shu vaqtda mast holatda bo‘lgan notanish kishi kelib otamdan hot-dog tayyorlab berishni so‘ragan. Otam karantin sababli ishlamayotganligini bildirgan. Shundan so‘ng, mast bo‘lgan noma’lum kishi otamni o‘sha yerda urgan”.

G‘ulomjon Murodovning ta’kidlashicha, kaltaklangan otasi haqida xabar topgach, uni respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga olib borgan. Otasi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, kerakli muolajalardan so‘ng uyiga qaytarilgan.

“Ayni paytda karantin e’lon qilingan. Ammo ayrim shaxslar bunga amal qilmasdan yarim kechasi sotuvchilarni majburlab, ishlashini talab qilyapti. Bu ham yetmaganday, kaltaklab ketganini tushunish qiyin. Men huquqni muhofaza qiluvchi organlardan otamni urib, unga tan jarohati yetkazgan, qolaversa, karantin qoidalarini buzgan fuqaroga qonuniy jazo berishini so‘radim”, — deydi G‘ulomjon Murodov.

Bu haqda IIBga murojaat qilgan G‘ulomjon Murodovning qo‘shimcha qilishicha, hudud profilaktika inspektori ekspertiza xulosasini olmasdan biror-bir harakatni amalga oshirolmasligini bildirgan. Holbuki, voqea bozor kuzatuv kameralariga ham tushgan. Shunday bo‘lsa-da, IIB xodimlari voqeani e’tibordan chetda qoldirmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют