» » Koreyadan qaytgan fuqaro Samarqandda karantindan qochdi. U Denovda qamoqqa olindi

Koreyadan qaytgan fuqaro Samarqandda karantindan qochdi. U Denovda qamoqqa olindi


Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 16-mart kuni 14 kunlik karantinga joylashtirilgan fuqaro A.A. 20-mart kuni soat 22:00 atrofida yashirin ravishda shifoxonadan qochib ketgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro A.A. 16-mart kuni Moskva orqali Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga qaytib kelgan. Shu kunning o‘zida Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 14 kunlik karantinga joylashtirilgan. Ammo karantinning beshinchi kuni — 20 mart soat 22:00 dagi yo‘qlama vaqtida u shifoxonadan qochib ketgani ma’lum bo‘lgan.

“U yashash manzili — Denov tumanida ushlangan. U hozirda gumonlanayotgan koronovirus kasalligiga chalingan bo‘lishi mumkinligi, karantinga olingan joydan yana qochib ketishi va atrofdagilarni jiddiy xavf ostida qoldirishi mumkinligini inobatga olib, unga nisbatan ‘qamoqqa olish’ tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llanildi”, — deyiladi xabarda.

Hozirda ushbu shaxs o‘z uyida ushlanib, ehtiyot chorasi sifatida karantinda saqlash uchun izolatsiyaga olingan. Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25, 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqanddagi karantin markazidan 66 yoshli parkentlik fuqaro qochib ketgani, Qashqadaryodagi karantin markazidan esa 25 yoshli namanganlik yigit qochishga uringan vaqtida ushlangani haqida xabar berilgan edi. Ularning har ikkisi Rossiyadan poyezdda qaytgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ulardan birinchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir: Karikatura: Oilasining salomatligini o‘ylamay, karantindan qochganlarga bag‘ishlanadi

Ma’lumot uchun, epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortiladi. Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, odamlarning ommaviy kasallanishiga olib kelsa 11,1 million so‘mdan 22,3 million so‘mgacha miqdorda jarima solish yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish odamning o‘limiga sabab bo‘lsa, 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha qilmish odamlarning o‘limiga sabab bo‘lsa, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonliklarga murojaat: “Koronavirusga qarshi karantin qoidalariga rioya qiling!”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют