» » O‘zbekistonlik sinoptiklar aprel oyida ob-havo qanday bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumot berdi

O‘zbekistonlik sinoptiklar aprel oyida ob-havo qanday bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumot berdi


O‘zbekistonlik sinoptiklar aprel oyida ob-havo qanday bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumot berdi, deb yozmoqda “O‘zgidromet”.

Qayd etilishicha, apreldagi yomg‘irlar, asosan, lokal xarakterga ega bo‘ladi. Shunday, 3-aprelda faqat respublikaning shimoli — Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 4-aprelda janubi-g‘arbiy hududlar — Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida, 5—6-aprel kunlari esa shimoliy hududlar va Farg‘ona vodiysidan tashqari respublikaning qolgan hududlarida, ayrim joylarda, yomg‘ir yog‘adi. Shu davrda harorat 17-22 daraja iliq atrofida, ayrim kunlarda 23-25 darajagacha iliq bo‘ladi.

Keyinchalik qisqa tanaffusdan keyin O‘zbekistonda yana yomg‘irli davr bo‘lishi kutilmoqda. Undan so‘ng aprelning oxirigacha quruq va iliq davrlar ob-havo nobarqaror bo‘ladigan yomg‘irli davr bilan almashib turadi. Yomg‘irlar, asosan, qisqa muddatli bo‘lib, momaqaldiroq bo‘ladi va shiddatli shamol esadi.

Kunduzgi harorat 25-25 darajadan 25-30 daraja issiqqacha o‘zgarib turadi, aprel oyining oxirgi o‘n kunligida havo harorati 30-33 darajagacha ko‘tariladi. Ayrim kunlarda yomg‘ir yog‘ayotganda harorat 13-18 darajagacha pasayishi mumkin.

“O‘zbekistonda aprel oyi yilning eng yog‘inli oylaridan biri hisoblanadi. Odatda, aprelga qaraganda faqat mart oyi yog‘inlar bo‘yicha ustun turadi. O‘tgan 2019-yil aprel oyi esa eng yog‘inli, mamlakatimizning ayrim mintaqalarida esa O‘zbekistondagi butun meteorologik kuzatuvlar tarixi davomida eng yog‘inli deb qayd etilgan”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют