» » Dortmunddagi “Borussiya” stadioni koronavirusga qarshi kurash uchun tibbiy markazga aylantirildi

Dortmunddagi “Borussiya” stadioni koronavirusga qarshi kurash uchun tibbiy markazga aylantirildi


Dortmundning “Borussiya” futbol klubi stadioni koronavirus yuqtirib olgani gumon qilingan bemorlarga yordam ko‘rsatadigan tibbiy markazga aylantirildi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, tibbiy markaz “Signal Iduna Park”ning shimoliy tribunasida joylashgan. Shu maqsadda arenada tegishli ta’mirlash ishlari olib borilgan.

Markazning asosiy vazifasi bemorlarni ambulatoriya sharoitida davolashda davom etish yoki shifoxonaga jo‘natish masalasini hal qilish bo‘ladi.

Mavzuga doir: “Marakana” shifoxona, “Santyago Bernabeu” esa dori-darmon omboriga aylantiriladi

Germaniyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 89 mingdan oshib ketdi. Qurbonlar 1200 ga yaqinlashib qoldi. Deyarli 25 ming bemor virusni yengib o‘tgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют