» » Prezident bolali oilalarga nafaqa va bola parvarishlash nafaqasi muddati avtomatik ravishda bir yilga uzaytirilishini e’lon qildi

Prezident bolali oilalarga nafaqa va bola parvarishlash nafaqasi muddati avtomatik ravishda bir yilga uzaytirilishini e’lon qildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-aprel, juma kuni, koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Prezident qiyin vaziyatda iqtisodiyotni, tadbirkorlarni faol qo‘llab-quvvatlash uchun muhim farmonga imzo chekkanini, unda aholini, ayniqsa, uning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator choralar belgilanayotganini ma’lum qildi.

Jumladan, 2020-yil mart-iyun oylarida muddati tugaydigan bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishlash nafaqasi va moddiy yordamlarni to‘lash uchun qo‘shimcha murojaat va hujjatlar talab etilmaydi. Ular avtomatik tarzda 6 oydan 1 yilgacha uzaytiriladi. Ushbu davrda boshqa muhtoj oilalarga ham shunday nafaqalar tayinlash davom ettiriladi.

“Bu choralar orqali yana 120 mingdan ziyod kam ta’minlangan oilalarni qamrab olamiz (hozirda 600 mingta)”, — dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga doir:

Ma’lumot uchun, 14 yoshgacha bo‘lgan bitta bolali oilaga nafaqa miqdori 133,8 ming so‘mni, ikkita bolali oilaga 223 ming so‘mni, uchta va undan ortiq bolali oilaga 312,2 ming so‘mni tashkil etadi. Bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa miqdori esa 446 ming so‘mga teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют