» » Xorazm viloyatining bir qator ko‘chalarida koronavirusga qarshi dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi (foto)

Xorazm viloyatining bir qator ko‘chalarida koronavirusga qarshi dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi (foto)


Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda COVID-19 koronavirus kasalligiga qarshi 1-aprel kuni o‘tkazilgan maxsus taktik o‘quvi davomida viloyatning 160 ming kvadrat metr maydonida dezinfeksiya ishlarini olib bordi. Bu haqda “Daryo”ga Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Urganch va Xiva shahri, Gurlan, Yangiariq va boshqa tumanlarda mutaxassislar oldiga qo‘yilgan vazifalarni sifatli ado etish maqsadida shaxsiy himoya kostyumlari, dezinfeksiyalovchi eritmalarni purkash uchun uskunalar va maxsus texnikalardan keng foydalanildi.

Koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish hamda odamlarni uydan chiqmaslikka chaqiruvchi eshittirishni uzatish uchun jangovar texnika bazasidagi ovoz eshittirish stansiyasi qo‘llanildi.

Ko‘chalar, xiyobonlar, bozorlar hamda aholi gavjum bo‘ladigan boshqa hududlar maksimal darajada dezinfeksiyalanib, odamlar o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi. Harbiy xizmatchilar “Biz siz uchun xizmatdamiz. Siz biz uchun uyda qoling!” shiori ostida aholi o‘rtasida karantin qoidalariga amal qilishni hamda zaruratsiz uyni tark etmaslik targ‘ibotini o‘tkazdi.

Ta’kidlanishicha, karantinni uyda o‘tkazayotgan aholining keng qatlami ko‘p qavatli uylarning derazalaridan harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlab, ularga minnatdorlik bildirdi.

Avvalroq Qashqadaryoda koronavirusga qarshi kurash va aholi yashash manzillarini dezinfeksiyalash uchun maxsus guruhlar tashkil etilgani, Toshkent shahri Milliy gvardiyaning maxsus texnikalari yordamida dezinfeksiya qilingani, Mudofaa vazirligining maxsus mutaxassislari ham poytaxtni dezinfeksiya qilgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Markaziy harbiy okrug tomonidan karantindagi obyektlarni qo‘riqlash uchun navbatdagi jangovar smena yuborildi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют