» » Toshkentdagi avtobuslarda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda

Toshkentdagi avtobuslarda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda


Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Toshkent shahrida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi avtobuslarda sanitariya ishlari bajarilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar Transport boshqarmasi hamda “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi jamoat transportlarida dezinfeksiya ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida, avtosaroylardan ertalab yo‘nalishga chiqayotgan avtobuslarda viruslarga qarshi dezinfeksiya va sanitariya ishlarini tashkillashtirgan.

Bundan tashqari, “Toshshahartransxizmat”ga biritikrilgan har bir shoh bekatda ham yo‘nalishdagi avtobus hamda yo‘nalishli taksilar dezinfeksiya qilinmoqda.

Shahar hokimligi yo‘lovchilarni jamoat transportlarida harakatlanayotganda ortiqcha vahimaga berilmaslikka hamda ulardan foydalanmaslik kerak, degan fikrdan yiroq bo‘lishga chaqirmoqda.

Mavzuga doir: Koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha asosiy choralar

Avvalroq, shahar hokimligi Toshkentda koronavirus karantini sabab issiq suv ta’minoti o‘chirilmasligini ma’lum qilgan edi. “Toshkent” avtovokzali tun-u kun ishlash rejimiga o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni sakkiz nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov karantinga olingan o‘zbekistonliklarning umumiy sonini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Toshkentda niqob taqishni boshlagan YPX inspektorlari, koronavirus sabab yo‘q qilinayotgan gullar, Yerdan ko‘ringan Venera. 16-mart suratlari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют