» » Uchtepa tumanida koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha dezinfeksiya o‘tkazildi

Uchtepa tumanida koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha dezinfeksiya o‘tkazildi


Toshkent shahar Uchtepa tumanida koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tumandagi har bir tibbiy muassasada zaxira xonalari hamda dori vositalari tayyorlangan.

Virusning tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida avtobuslarda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, tumanda joylashgan Farhod” va “O‘rikzor” bozorlarida ham dezinfeksiya o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, tumandagi maktablarda ham profilaktika tadbirlari va suhbatlar o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot uchun, Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 1016 kishidan oshib ketdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda mamlakat hududida 42 638 kishida kasallik holati qayd etilgan. 37 726 kishi hozirda davolanishda bo‘lib, ulardan 7333 nafarining ahvoli og‘ir. Jami 3996 kishi kasallikdan davolanib, tibbiyot muassasasidan uyiga javob berib yuborilgan.

Mavzuga doir: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 11-fevralning asosiy xabarlari

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 10-fevral, dushanba kunigacha Xitoyda bo‘lib qaytgan 3447 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ulardan 2676 nafarida kasallikning yashirin davri (14 kun) yakunlangani va tibbiy ko‘rik davomida hech qanday koronavirus infeksiyasi belgilari aniqlanmaganligi bois tibbiy kuzatuv ishlari yakunlangan. Bugungi kunda 771 nafar fuqaro 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingan. Xitoydan cherter reys bilan olib kelingan o‘zbekistonlik Toshkent viloyatidagi “Bo‘ston” sanatoriyasida karantin muddatini o‘tamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют