» » Toshkent shahrini Milliy gvardiyaning maxsus texnikalari yordamida dezinfeksiya qilish boshlandi

Toshkent shahrini Milliy gvardiyaning maxsus texnikalari yordamida dezinfeksiya qilish boshlandi


O‘zbekiston Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa hamkor vazirlik va tashkilotlar poytaxtda dezinfeksiya ishlarini amalga oshirishga kirishdi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, dezinfeksiya ishlari 28-martdan e’tiboran koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida qilinadi.

Dezinfeksiya ishlariga Milliy gvardiya bo‘linmalari maxsus texnikalari jalb qilingan bo‘lib, ishlar Toshkent shahri bo‘ylab ko‘chalar, odamlar gavjum bo‘ladigan jamoat joylari, savdo markazlari, davlat idoralari va tashkilotlari atrofi hamda poytaxtga kirish va chiqish postlarida amalga oshirilyapti.

Mavzuga doir: Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekistonda 21 ta YPX maskani va 60 ta postning faoliyati qayta tiklandi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan fuqarolar soni 104 nafarga yetdi. Oxirgi kun davomida 1 nafar bemor (erkak)da o‘lim holati qayd etilgan. Avvalroq Namangan viloyatida koronavirus aniqlangan 72 yoshli ayol vafot etgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют