» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 500 kishiga yetdi. Yana bir bemor vafot etgan

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 500 kishiga yetdi. Yana bir bemor vafot etgan


Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 36 ta holat qayd etildi. Natijada butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 500 kishiga yetgan, deb xabar beradi Tengrinews.

“4-aprel soat 09:15 holatiga ko‘ra Qozog‘istonda yana 36 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ularning 16 nafari Olmaotadan, Atirau viloyatida — 2, Shimoliy Qozog‘iston viloyatida — 7, Jambil viloyatida — 1, Chimkentda — 1, Turkiston viloyatida — 4, Mang‘istov viloyatida — 1, Qarag‘anda viloyatida — 4 nafar”, — deyiladi davlat komissiyasining tezkor shtabi xabarida.

Turkiston viloyatida bir bemor koronavirus oqibatida vafot etgani aytilmoqda. Butun mamlakat bo‘ylab virus bilan kasallanganlar soni 500 kishiga yetgan.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda koronavirus tarqalishi munosabati bilan 16-martdan 15-aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy qilingan. Mamlakatda koronavirusdan vafot etish bo‘yicha bungacha uchta holat qayd etilgan edi . So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 241 nafarga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 99) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют