» » “Barselona” vitse-prezidentida koronavirus aniqlandi

“Barselona” vitse-prezidentida koronavirus aniqlandi


“Barselona” klubi vitse-prezidenti Xordi Kardoner koronavirusga yo‘liqdi.

Diario Sport nashrining xabar qilishicha, 57 yoshli mutasaddi shifokorlar ko‘rsatmasi bo‘yicha uyida davolanmoqda. Kasallik jiddiy alomatlarsiz o‘tmoqda. Bu “Barselona”ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘lganlar orasidagi ilk virusga chalinish holati bo‘ldi.

Avvalroq katalon klubining Janubiy Amerikadagi skauti Andre Kyuri virus yuqtirib olgani ma’lum qilingandi.

Ta’kidlanishicha, “Barselona” tibbiy bo‘limi rahbari Ramon Kanal va gandbol jamoasi shifokori Xosep Antoni Gutyeresda ham koronavirus aniqlangan.

Ispaniyada 4-aprelga kelib koronavirus bilan zararlanganlar soni 120 mingga yaqinlashib qoldi. 14 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют