» » Rossiyalik virusolog issiq havoning koronavirusga qanday ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qildi

Rossiyalik virusolog issiq havoning koronavirusga qanday ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qildi


Nyu-York fanlar akademiyasi a’zosi, virusolog Anatoliy Altshteyn issiq havoning koronavirusga ta’siri haqida o‘z mulohazalarini bildirdi, deb xabar beradi “Ura.ru”.

Mutaxassisning fikricha, bahorgi iliq havo virusning tarqalishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Biroq yozga borib, kasallik tarqalishi sekinlashishi mumkin. Altshteynning so‘zlariga ko‘ra, respirator kasalliklar epidemiyasi odatda yilning salqin mavsumida tarqaladi, chunki yozda odamlar kasallikka kamroq moyil bo‘ladi.

Bundan tashqari, infeksiyaning tarqalishiga fuqarolarning o‘zini o‘zi izolyatsiyalashi va boshqa qabul qilingan cheklov choralari ta’sir ko‘rsatadi. Ularning ilk natijalarini bir haftalardan keyin ko‘rish mumkin. “Keyingi hafta biz o‘zimizni izolyatsiya qilgan vaqtimizda kasallikni yuqtirgan odamlar paydo bo‘ladi”, — deydi virusolog.

Avvalroq AQShdagi Stenford universitetining tibbiyot markazi mutaxassislari koronavirus haqidagi afsonalardan birini yo‘qqa chiqargani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 

2019-yilning oxirida Xitoyning Uxan shahrida tarqalgan koronavirus pandemiyasi dunyoning 181 dan ortiq davlatiga tarqaldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 1,2 million kishidan oshgan, vafot etganlar soni esa qariyb 65 ming kishiga yaqinlashib qolgan. AQShning o‘zida kasallar soni 310 ming kishidan oshib ketdi. O‘zbekistonda esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 298 kishiga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют