» » Rossiyada koronavirus tarqalishi taxminan qachon tugallanishi aytildi

Rossiyada koronavirus tarqalishi taxminan qachon tugallanishi aytildi


Rossiyada koronavirus tarqalishi yozga kelib tugallanishi lozim, ammo infeksiya tarqalishining avj pallasiga hali yetib kelmadi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”. Bu haqda Rossiya federal tibbiy-biologik agentligi (FTBA)ning yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh mutaxassisi Vladimir Nikiforov ma’lum qilgan.

“U oxir-oqibat yozda tugallanishi aniq”, — degan Nikiforov Rossiyaning “Birinchi kanal”ida namoyish etilgan “Dok-tok” dasturi efirida. Shu bilan birga, mutaxassisning fikricha, kasallik kelasi haftaning o‘rtalari, 8—10-aprel kunlari o‘zining avj pallasiga chiqadi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday respiratorli infeksiyalarda odatda shunday ko‘tarilish sodir bo‘ladi, keyin esa taxminan 10-12 hafta davom etuvchi pasayish kuzatiladi.

Rossiyada koronavirusga chalinish bo‘yicha dastlabki holat yanvar oyining oxirlarida qayd etilgan. Hozirda mamlakatda COVID-19 bilan 3,5 mingdan ortiq kishi kasallangan, shulardan 235 nafari tuzalgan, o‘lim holati esa 30 tani tashki etgan.

Avvalroq Rossiyada koronavirusga qarshi kurash uchun 3 turdagi dori ishlab chiqilgani, virusni aniqlash bo‘yicha 2 ta yangi test tizimi yaratilgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Rossiya COVID-19 ni davolashda foydalanish mumkin bo‘lgan preparat nomini e’lon qilgandi.

Mavzuga doir: Putin Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют