» » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 5 taga ko‘payib, 30 kishiga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 5 taga ko‘payib, 30 kishiga yetdi


5-aprel, payshanba kuni, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan fuqarolardan yana 5 nafari butunlay sog‘aydi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, tuzalganlar Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Mavzuga doir: O‘rta Osiyoda birinchi marta O‘zbekistonda sun’iy nafas oldirish apparatlari ishlab chiqariladi

“Tuzalganlarning kun sayin ko‘payib borayotganida esa, avvalambor, shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarini, shuningdek, boshqa hududlarda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolayotgan, shu bilan birga, karantinga olingan 100 mingdan ziyod fuqarolarni tibbiy kuzatuvga olgan barcha-barcha tibbiyot xodimlarining ulkan hissasi mujassam”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2-aprel, payshanba kuni, koronavirusga chalingan bemorlarning 13 nafari sog‘ayib, reabilitatsiyaga chiqarilgandi. Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalingan jami 298 nafar bemordan 30 nafari butkul sog‘aydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют