» » Donald Tramp OPEKni noqonuniy tuzilma deb atadi

Donald Tramp OPEKni noqonuniy tuzilma deb atadi


AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda o‘tkazilgan brifing vaqtida OPEKni o‘zini o‘zi yakson etayotgan noqonuniy tuzilma deb atadi. Ushbu jarayon prezident Administratsiyasining Twitter’dagi sahifasi orqali translyatsiya qilingan.

“Butun umrim davomida OPEKka qarshi chiqqanman, o‘zi nima bu? Bu noqonuniy tuzilma, uni kartel yoki monopoliya deb atashingiz mumkin”, — deydi AQSh prezidenti. Shuningdek, Tramp OPEK AQShga nisbatan noxolis yondashayotganini ma’lum qilgan.

Prezident Tramp brifing vaqtida “AQShdagi minglab, o‘n minglab ish o‘rinlari”ni himoya qilish uchun import qilinayotgan neftga boj joriy etishga tayyorligini bildirgan.

Bundan tashqari, Tramp Saudiya Arabistoni bilan muzokara o‘tkazganini, podshohlik Rossiya bilan neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha bitim imzolash niyatida ekanligini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: 

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin OPEK+ va AQSh bilan birga neft ishlab chiqarish hajmini qisqartirishga tayyorligini bildirgan edi. Rossiya prezidenti Saudiya Arabistoni hukumatining katta hajmda neft ishlab chiqaruvchi raqobatchilaridan qutulmoqchi bo‘lgani, buning uchun neft narxining barreli 40 dollarga tushishi kutilganini aytib o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют