» » “Karantin noyabr oyigacha davom etadimi?”. Respublika bosh davlat sanitariya inspektori javob berdi

“Karantin noyabr oyigacha davom etadimi?”. Respublika bosh davlat sanitariya inspektori javob berdi


AOKA qoshida tashkil etilgan brifingda Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirus haqidagi turli savollarga javob berdi.

“Koronavirus kasalligi asosan insonlar muloqoti vositasida yuqmoqda. Shu sababli uyda qolish va ortiqcha muloqotdan tiyilish tavsiya qilinadi”, — deydi Nurmat Otabekov.

Nurmat Otabekov karantinning noyabrga qadar cho‘zilishi mumkinligi haqida tarqalgan gap-so‘zlarga quyidagicha munosabat bildirdi.

Bu kabi bashoratlarni tez-tez uchratyapmiz. Ular shu darajada xilma-xilki, hatto ming yil, bir yarim ming yil koronavirus tarqalishini bashoratchilar aytib ketgan ekan, degan fikrlar paydo bo‘lmoqda. ‘Ko‘pchilikdan quyon qochib qutulmaydi’ degan maqol bor, butun dunyo ushbu infeksiyaga qarshi kurashayotgan ekan, demak ushbu muddat uzoqqa cho‘zilmaydi.

Nurbek Otabekov, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori

Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov karantinga qaramay hali ham faoliyatini davom ettirayotgan idora yoki korxonalar bor, faoliyati davom etayotgan muassasalarda koronavirusga qarshi qanday choralar ko‘rilishi lozimligi haqida berilgan savolga ham javob qaytardi.

Darhaqiqat bunday idora yoki muassasalar mavjud. Bunda, albatta, ish vaqti boshlanishida har bir xodimning harorati o‘lchab, ish joyiga kiritilishi, uch nafardan ortiq odamning to‘planishiga yo‘l qo‘yilmasligi, kun davomida ishxona yo‘laklari, barcha xonalar maxsus dezinfeksiya vositalari bilan tozalab turilishi, masofa saqlab harakatlanish, har bir xodim tibbiy niqobda bo‘lishi va ular har ikki soatda almashtirilishiga e’tibor qaratilishi lozim. Ana shunda ushbu tashkilot yoki muassasaning karantin sharoitidagi faoliyati to‘g‘ri va to‘liq bo‘ladi.

Nurbek Otabekov, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 40) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют