» » Video: Toshkent ko‘chalari bo‘ylab “qo‘shiq kuylayotgan” BTR

Video: Toshkent ko‘chalari bo‘ylab “qo‘shiq kuylayotgan” BTR


Toshkent shahri bo‘ylab harbiylar boshqaruvidagi zirhli texnika IIBB avtomobillari hamrohligida harakat qilmoqda. Harbiylar ovoz kuchaytirgichlar orqali aholini “o‘zini yakkalash” rejimiga rioya qilishga chaqirmoqda, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning yirik shaharlarida “o‘zini yakkalash” tartibi 6-aprel soat 06:00 dan majburiy joriy etildi. Ta’kidlanishicha, targ‘ibot ishlari oldinroq boshlab yuborilgan.

BTRlardan sababsiz tashqariga chiqmaslik talabi bilan birga ko‘chalar bo‘ylab “Shahzod” guruhining “Aziz yurtim” hamda Yulduz Usmonovaning “Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston” qo‘shiqlari jarang sochmoqda.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash doirasida Toshkent shahri va bir qator shaharlarga transportning kirish-chiqishi cheklandi, viloyatlararo transport harakati to‘xtatildi. Bundan tashqari, shaxsiy avtomobilda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish taqiqlandi, fuqarolarga zaruratsiz uydan chiqmaslik tavsiya etildi.

Shuningdek, 6-aprel soat 06:00 dan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida mototransport (stikersiz) hamda velosipedda harakatlanish karantin davrida vaqtincha cheklanishi e’lon qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют