» » Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayevga o‘rinbosarlar tayinlandi

Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayevga o‘rinbosarlar tayinlandi


Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayevga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov ma’lum qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi takomillashtirilib, moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosar — viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimi joriy etilgan. Va mazkur lavozimga ayni kunga qadar birinchi o‘rinbosar sifatida ishlab kelgan O‘tkir Bo‘tayevning o‘zi tayinlangan.

Shuningdek, Rustam Yo‘ldoshev esa viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Aytilishicha, Rustam Yo‘ldoshev mazkur tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Samarqand viloyati bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.

Ta’kidlash joiz, Zoir Mirzayevning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Dolli Allayev hokim o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют