» » Istalgan parhez samaradorligini oshiradigan 3 qoida

Istalgan parhez samaradorligini oshiradigan 3 qoida


Parhez tutish uchun xohish va motivatsiya bo‘lishi kerak degan tushuncha bor, aslida esa parhezning qanchalik ta’?sir qilishida yosh, organizmda metabolizm qandayligi, genetika kabi boshqa omillar ham rol o‘rnaydi. Har kimning organizmi, yoshi va geni turli ekani nuqtayi nazaridan parhez ham hammaga har xil ta’sir o‘tkazadi. Kimgadir shunchaki shirinlikdan voz kechish, boshqa bir odamga bo‘lsa 16 soat och yurish yoki ratsioniga oqsil qo‘shish kerak bo‘ladi. Elle nashrining yozishicha, Stenford tibbiyot maktabi olimlari tadqiqot o‘tkazib, parhez samaradorligini oshirish uchun 3 universal qoida ishlab chiqqan.

Tadqiqotda, 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan 609 kishi ishtirok etgan, ishtirokchi ayol va erkaklar soni bir-biriga teng bo‘lgan. Tadqiqotchilar biologik omillar va turli parhezlar o‘rtasidagi munosabatni kuzatgan. Ishtirokchilarning yarmi, 1 yildan ko‘p vaqt mobaynida ketogen parhez tutgan, ya’ni kam uglevod, ko‘p miqdorda yog‘ va oqsil iste’mol qilgan. Qolgan yarmi bo‘lsa, tarkibida yog‘ va uglevod kam, oqsil ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilgan. Tajriba dinamikasini kuzatgan tadqiqotchilar quyidagi xulosalarga kelgan.

Mavzuga doir: O‘rta yer dengizi parhezi 2020-yilda dunyodagi eng yaxshisi deb topildi

Taomnomaga balanslovchi mahsulot qo‘shib parhezni “aldash” mumkin. Tabiiy va sifatli mahsulotlar xususan baliq, sabzavotlar, shirin bo‘lmagan mevalar, o‘simlik yog‘i kabilarni iste’mol qilish kerak. Masalan, pishloq o‘rniga avakado yeyish kerak chunki ushbu meva vitaminlarga boy hisoblanadi.

Chunki bunday taomlar siz intilayotgan vazn raqamidan faqat va faqat uzoqlashtiradi. Yaxshisi, don mahsulotlaridan tayyorlangan nonni, quymoq va pankeyk tayyorlash uchun bodom unini tanlang.

Sabzavotlar tarkibida kaloriya kam va vitaminlar ko‘pligi bilan ahamiyatli. Sabzavotga boy taomni iste’mol qilar ekansiz, o‘zingizni uzoq vaqt to‘q his qilasiz va organizmingiz zararli mahsulotlardan uzoq bo‘ladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют