» » Bosh prokuratura fuqarolardan koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida kundalik yuritishni so‘radi

Bosh prokuratura fuqarolardan koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida kundalik yuritishni so‘radi


Bosh prokuraturada koronovirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar doirasini aniqlash bo‘yicha idoralararo shtab, hududlarda esa, idoralararo ishchi guruhlar tuzildi. Bu haqda Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, Bosh prokuratura joriy yilning 4-aprelida koronovirus keng tarqalishining oldini olish, tegishli xizmatlarga mazkur kasallikka chalingan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslarni tezkor ravishda aniqlash va ularning boshqa fuqarolar bilan muloqotini cheklash bo‘yicha ko‘maklashish choralarini belgilagan.

Qayd etilishicha, mazkur guruhlar koronovirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan tegishli surishtiruv ishlarini o‘tkazadi, ularning epidemiologik marshruti, kim bilan qachon, qayerda muloqotga kirishganini aniqlaydi

Bosh prokuratura fuqarolardan o‘zlarining kundaliklarini yuritishni so‘ramoqda. Har bir fuqaro qachon, kim bilan, qayerda va qay tarzda muloqot qilganini yozib borishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Qayd etilishicha, bu ma’lumotlar avvalo, kasallikning oldini olish, uning tarqalishiga chek qo‘yish, pirovardida minglab odamlarning hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi.

Aksariyat davlatlar tajribasi infeksiyaning ilk zarbalarini qabul qilib olayotgan tibbiy xizmatning unga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlarni aniqlash hamda tegishli tartibda karantinga joylashtirishda qiyinchiliklarga duch kelayotganini, davolashga sarfalanadigan vaqt va imkoniyat yo‘qotilayotganini ko‘rsatmoqda.

Avvalroq, Toshkent viloyatida bir odam 52 kishiga koronavirus yuqtirgani ma’lum qilingan edi. Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 390 nafarga yetdi. Shu vaqtgacha O‘zbekistonda kasallikdan ikki kishi vafot etdi, 30 nafar bemor butunlay sog‘aygan,

Mavzuga doir: Farg‘ona koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Toshkentdan so‘ng birinchi hududga aylandi. Kasallik Qoraqalpog‘istonda ham aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют