» » O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemorlar sog‘aymoqda

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemorlar sog‘aymoqda


O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemorlar sog‘aymoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov ma’lum qildi.

“Ushbu kasallikka chalingan ilk bemorlar sog‘ayib bormoqda, ular o‘zlarini yaxshi his etmoqda. Davolash muassasalarimizda tashkil qilingan dori-darmonlar zaxirasi, tibbiy asbob-anjomlar, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va samarali davolash uchun barcha sharoit mavjud”, — degan u.

Shuningdek, bugun koronavirus kasaliga chalingani aniqlangan bemorlarning ahvoli o‘rta og‘ir, barqaror ekanligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 20-mart kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 33 nafarga yetganini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют