» » Qoraqalpog‘istonda koronavirusga chalingan ikki bemor aniqlandi

Qoraqalpog‘istonda koronavirusga chalingan ikki bemor aniqlandi


Nukus shahrida yashayotgan bir erkak kishi va uning onasida virus tasdiqlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak ish yuzasidan 14-mart kuni Toshkent shahrida bo‘lgan. Virusga gumonlangach, Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

“Ulardan tegishli tahlillar olinib, Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining virusologiya laboratoriyasiga va Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-amaliy tekshirish institutiga yuborilgan. 5-aprel tunda tahlil natijalari ushbu ikki fuqaroda koronavirus borligini tasdiqladi”, — deyiladi xabarda.

Ushbu ikki fuqaro virusga gumon qilingandan so‘ng darhol ular bilan muloqotda bo‘lgan kishilar epidemiologik tekshiruvga olinib, ular ham karantinga joylashtirilgan.

Hozirda ushbu ikki fuqaro Nukusdagi Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ularning ahvoli o‘rtacha darajada.

Mavzuga doir: 

Ma’lumot uchun, 6-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 457 nafarga yetdi (ularning ikki nafari vafot etgan, 30 nafari sog‘aygan). Bemorlar soni 6-aprel kuni 115 nafarga ko‘paydi — bu O‘zbekiston uchun bir kunda aniqlangan bemorlar soni bo‘yicha rekord bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют