» » Son Hyon Min armiyaga boradigan bo‘ldi

Son Hyon Min armiyaga boradigan bo‘ldi


“Tottenhem” hujumchisi Son Hyon Min Janubiy Koreyada harbiy tayyorgarlikdan o‘tadi. Bu haqda londonliklar klubi rasmiy sayti ma’lum qildi.

Tayyorgarlik to‘rt hafta davom etadi. Futbolchi Londonga may oyida qaytishi kutilmoqda. Angliya chempionati may oyidan davom ettiriladigan bo‘lsa, koreyalik futbolchi jamoasining bir nechta o‘yinida ishtirok etolmasligi mumkin.

Janubiy Koreya qonunlariga ko‘ra, erkaklar 28 yoshga qadar 21 oylik harbiy xizmatni o‘tashi kerak. 2018-yilda Son Janubiy Koreya terma jamoasi bilan Osiyo o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va buning evaziga harbiy xizmatdan ozod etilgandi. Biroq futbolchi qisqartirilgan harbiy tayyorgalik jarayonidan o‘tishi kerak.

Mavzuga doir: O‘zbekiston OTJ alamli tarzda Janubiy Koreyaga mag‘lub bo‘lib, Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini to‘xtatdi

Aslida 27 yoshli Son yozda, mavsum oralig‘ida mazkur vazifani ado etishni mo‘ljallagandi. Biroq koronavirus tufayli Angliyada mavsum to‘xtab qoldi.

Son Hyon Min Premyer Liga joriy mavsumida 21 o‘yin o‘tkazib, 9 gol va sakkizta samarali uzatmaga mualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют