» » Qozog‘istonda fohishalik bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ayollar qo‘lga olindi

Qozog‘istonda fohishalik bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ayollar qo‘lga olindi


Qozog‘istonning Turkiston viloyatida qizlarning fohishalik bilan shug‘ullanganishi uchun sharoit yaratib bergan sauna kompleksi aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

“Kriminal politsiya boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlar davomida ma’lum bir mablag‘ evaziga mijozlar uchun fohisha qizlar xizmatini taqdim etish bilan shug‘ullanib kelgan gumonlanuvchi — muassasa egasi qo‘lga olindi. Tergovchilar pullarni ashyoviy dalil sifatida olib qo‘ygan”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, politsiyachilar olti nafar fohishani ham qo‘lga olgan bo‘lib, ular O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqqan. Ayni vaqtda ushbu holat yuzasidan sudgacha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda massajchilik niqobi ostida fohishalik bilan shug‘ullangan ayollar qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Toshkentda IIB xodimlari koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish vaqtida 13 fohishani ushladi

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Toshkent viloyatida ayollarni fohishalik qilish uchun Qozog‘istonga jo‘natayotgan ayol qo‘lga olingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют