» » Toshkentda Matiz avtomobiliga chiqqan o‘quvchi qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda Matiz avtomobiliga chiqqan o‘quvchi qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi


2017-yil 8-aprel kuni noma’lum shaxs kech soat 20:30 da Uchtepa tumanida o‘zining Matiz rusumli avtomobilida mashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirgan maktab o‘quvchisi A.ga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usul bilan qondirishga uringani aniqlandi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.

Bu haqda Toshkent shahar IIBB tomonidan navbatdagi profilaktika kuni munosabati bilan o‘tkazilgan brifingda ma’lumot berildi.

Noma’lum shaxs maktab o‘quvchisi A.ga nisbatan jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirmoqchi bo‘lgan vaqtida qiz qarshilik ko‘rsatgan va uni itarib yuborib, avtomashinani tark etgan hamda atrofdagilardan yordam so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zebkiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 119-modda 4-qismi, ya’ni 14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy yo‘l bilan qondirishga suiqasd alomati bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Olib borilgan tergov tezkor harakatlar davomida jinoyatni Hasan Isayev ismli shaxs amalga oshirganligi aniqlandi. Uning boshqaruvidagi Matiz’da voyaga yetmagan A.ga tegishli bo‘lgan Nokia rusumli telefon aniqlanib, daliliy ashyo bilan qo‘lga olindi.

Hozirda jinoyatchi qamoqqa olinib, tergov ishlari amalga oshirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-04-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют