» » “Milan” xitoyliklar qo‘liga o‘tdi va Silvio Berluskoni 31 yildan so‘ng klub bilan xayrlashdi

“Milan” xitoyliklar qo‘liga o‘tdi va Silvio Berluskoni 31 yildan so‘ng klub bilan xayrlashdi


Berluskoni “Milan”ni 31 yil davomida boshqardi. 2017-yilning 13-aprel kuni esa Italiyaning shonli klublaridan biri rasman xitoyliklar qo‘liga o‘tdi. Endilikda unga Rossoneri Sport Investment Lux kompaniyasi investorlari egalik qiladi.

Silvio prezidentlik vaqtida milanliklar jami 29 ta sovrin yutib olishdi. Shularning 8 tasi Italiya chempionligi va yana 5 tasi Chempionlar ligasi g‘olibligi edi.

“Milan”dagi 30 yillik rahbarligimdan so‘ng klubni tark etmoqdaman. Ichimdan nimadir uzildi. Biroq men tushunamanki, zamonaviy futbolda endi klubni faqatgina bitta oila ushlab tura olmaydi. Raqobatbardosh va yuqori darajali klub uchun yangi sarmoyalar, resurslar kerak.

“Milan” menga va umuman barchamizga sovg‘a qilgan zavqli onlarni bir umr unutmayman. Bunda men bilan yelkadosh bo‘lgan insonlarni umrbod yodimda saqlab qolaman.

Ulkan g‘alabalarni qo‘lga kiritgan murabbiylarim va futbolchilarimni nomma-nom sanash imkoniyatim yo‘q. Ularning barchasi futbol tarixiga o‘z ismini yozib ulgurgan. Men esa ular oldida chuqur ta’zimdaman.

Oddiy ishchilarga qadar minnatdorman. Ular Milan klubining zamonaviy futbolning o‘rnak bo‘lishga arziydigan yuzi bo‘lishida katta mehnat qilgan. Ular orasida birinchi galda Adriano Gallianini tilga olaman. U jamoaning yuragi bo‘la oldi, “Milan” qurilishida eng katta ishni bajardi.

Hammadan ham ko‘proq muxlislarimizga rahmat. Biz millionlab ishqibozlarimning Forza, Milan degan hayqiriqlarini doim his qila oldik. Ularsiz biz klubni tasavvur qila olmasdik, ularsiz yuksaklikka parvoz eta olmasdik. Aynan ular sabab biz yutish mumkin bo‘lgan barcha narsani yutdik. Men ularning sadoqati aks etgan kamida mingta lahzani bir vaqtning o‘zida ko‘z oldimdan o‘tkaza olaman.

Shuni aytishni istardimki, men bundan keyin ham “Milan”ning asosiy muxlisi bo‘lib qolaveraman. Otam menga unga bo‘lgan muhabbatni singdirgan bolalikdan boshlab, to u bilan muvaffaqiyatlarga erishgan vaqtimda bo‘lgani kabi, endi ham faqat uning orzulari bilan yashayman. Yangi rahbariyatga esa biz erishganimizdan ko‘prog‘iga erishishlarini tilab qolaman.

Silvio Berluskoni, “Milan” sobiq rahbarining xayrlashuv maktubidan

Опубликовано: admin (15-04-2017, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют