» » “Sho‘rtan” mavsumni g‘alaba bilan boshlagan murabbiyni iste’foga chiqardi va ikki futbolchini haydadi

“Sho‘rtan” mavsumni g‘alaba bilan boshlagan murabbiyni iste’foga chiqardi va ikki futbolchini haydadi


G‘uzorning “Sho‘rtan” klubi Oliy liga 4-turidan keyinoq Aleksandr Volkov bilan xayrlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Volkov boshqaruvida “Sho‘rtan” yilni “Neftchi”ni mag‘lub etish bilan boshlagan bo‘lsa, keyin ketma-ket uch o‘yinda yengilgandi: “Dinamo” — 0:3, “Mash’al” — 0:2, “Metallurg” — 2:4.

“Sho‘rtan” PFK o‘tkazilgan 4 ta uchrashuvdan so‘nggi 3 tasida mag‘lubiyatga uchrab, qoniqarsiz natija ko‘rsatganligi, qolaversa, bundan oldin ogohlatirilganligiga qaramasdan ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olmagani uchun bosh murabbiy Aleksandr Volkovni iste’foga chiqardi, deb yozilgan klub matbuot xizmatining xabarida.

Rahbariyat faqatgina shu bilan cheklanmay, ikki nafar futbolchi bilan shartnomalarni bekor qilgan. O‘z ustida ishlamaganligi va natijada sport tayyorgarligini, jismoniy holatini pasaytirib yuborganligi uchun futbolchilar Ruslan Vagapov hamda Jahongir Jiyamurodov bilan tuzilgan shartnoma muddatidan oldin bekor qilindi, deyilgan xabarda.

Jamoada shu kunga qadar texnik direktor sifatida ishlab kelayotgan Ixtiyor Karimov “Sho‘rtan”ga vaqtinchalik bosh murabbiy bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, “Sho‘rtan” 2016-yilning aprel oyida ham o‘z murabbiyini ishdan bo‘shatib, Zoir To‘raqulovga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygandi. O‘shanda ham texnik direktor Ixtiyor Karimov klubni vaqtinchalik qabul qilib olgandi.

Опубликовано: admin (3-04-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 41) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют