» » O‘zbekistonda kommunal to‘lovlarni Telegram orqali to‘lash imkoniyati yaratildi

O‘zbekistonda kommunal to‘lovlarni Telegram orqali to‘lash imkoniyati yaratildi


O‘zbekiston fuqarolariga foydalanilgan kommunal xizmatlar (qattiq maishiy chiqindilar uchun ham) uylaridan chiqmagan holda to‘lovlarni amalga oshirish uchun Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali to‘lash imkoniyati yaratildi. Bu haqda MIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, karantin davrida aksariyat fuqarolar uylarida bo‘lishlari energiya resurslariga ehtiyojni orttiradi. To‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilmasligi esa qarzdorlik ko‘payishiga olib keladi. Shundan kelib chiqib to‘lovlarni amalga oshirish uchun Telegram’da @mibuzbot boti yaratildi.

Buning uchun dastlab @mibuzbot botga kirib “Start” tugmasi bosish, keyin mobil telefon raqamni ulash talab etiladi.

Keyin kommunal xizmat turi, viloyat, tuman, shaharni tanlanadi hamda kommunal xizmat turi bo‘yicha shaxsiy-hisob raqam kiritiladi, ushbu ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng, ushbu bot abonentning hisob-kitob ma’lumotlarini ko‘rsatadi.

Shundan so‘ng, hisoblagich fotosuratini yuborish, to‘lovlarni kuzatib borish va qarzdorlikni to‘lash mumkin bo‘ladi.

To‘lovni amalga oshirishda, bot orqali elektron to‘lov tizimlariga kirib, plastik kartochka raqami, uning muddati, unga bog‘langan telefon raqami va to‘lov summasi kiritilgandan so‘ng, SMS orqali kelgan himoya kodini tasdiqlash kifoya. Shu zahoti to‘lov amalga oshirilgani ma’lum qilinadi.

Shuningdek, qayd etilishicha, bunday qulayliklar MIBning rasmiy saytida ham (www.mib.uz) yaratilgan.

Avvalroq karantin davrida kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlikni qanday ko‘rish mumkinligi ma’lum qilingandi. Shuningdek, oqova, issiq suv ta’minoti korxonalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarga karantin davrida to‘lovlar uchun jarimalar va penyalar joriy etilmasligi hamda qarzdor iste’molchilar bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritilmasligi, iste’molchilar suv va kanalizatsiya tarmoqlaridan uzilmasligi bildirilgan.

O‘zbekiston Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xodimlarni oylik ish haqini berishda muammolar yuzaga kelayotgani uchun aholidan maishiy chiqindilar olib chiqib ketilgani uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni so‘ragandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют