» » O‘zbekistonda kuchli shamol oqibatida kamida 63 ming xonadon elektr ta’minotisiz qoldi

O‘zbekistonda kuchli shamol oqibatida kamida 63 ming xonadon elektr ta’minotisiz qoldi


O‘zbekistonda 8-aprel kuni esgan kuchli qorli shamol mamlakatning barcha viloyatlarida daraxtlarni yiqitib, elektr ta’minotini uzib qo‘ydi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” “Hududiy elektr tarmoqlari” kompaniyasi matbuot xizmatiga tayanib.

So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda ob-havo sharoiti keskin yomonlashdi. 7-aprel kuni respublikaning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘di. 8-aprel kuni yomg‘ir kuchaydi, o‘sha kuni kechqurun va 9-aprelda kechasi respublikaning katta qismida yomg‘ir qorga aylandi. Faqat Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kuzatilmadi.

Mavzuga doir: Bahorning ikkinchi oyida Toshkentda yog‘gan qor – suratlarda

Ba’zi joylarda shamolning tezligi 15?20 metr/sekundgacha (Bofort shkalasi bo‘yicha 8 ball — juda kuchli shamol), Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida shamol tezligi 25 metr/sekundga (9 ball — bo‘ron shamoli) yetdi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 63 ming xonadon (6 ta viloyat bo‘yicha ma’lumot) elektrsiz qolgan. Elektr tarmoqlaridagi avariyalardan ko‘proq Samarqand va Toshkent viloyatlari aholisi aziyat chekmoqda. Elektr tarmoqlaridan uzilish bo‘yicha xabarlar kelishda davom etmoqda — chiroqsiz qolgan abonentlar soni 150 mingtaga yetishi mumkin.

“Daraxt shoxlari sinishing asosiy sababi — qalin qor yog‘ishi bilan bog‘liq”, — deydi kompaniya vakillari.

“Hozir ko‘p daraxtlar barglagan. Qor to‘planib qolgani bois daraxt shoxlari dosh berolmay singan, ularning bir qismi elektr liniyalarining ustiga qulagan. Biz elektr liniyalariga yaqin joylashgan daraxtlarning shoxlarini kesgan edik, lekin bahor faslida shoxlar tez o‘sadi”, — deya tushuntirdi “Mintaqaviy elektr tarmoqlari” kompaniyasi.

“Mintaqaviy elektr tarmoqlari” topshirig‘i bilan mamlakatning barcha hududlarida tezkor guruhlar elektr uzatishni qayta tiklamoqda.

Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i Nodir Yunusovning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, shikastlangan daraxtlar haqidagi birinchi ma’lumotlar kechga yaqin bo‘ladi.

“Hozirgi vaqtda bizning inspektorlarimiz Obodonlashtirish departamenti xodimlari bilan birga ishlashmoqda. Birinchi navbatda, magistral yo‘llar tozalanmoqda, keyin esa mahallalarda qulagan daraxtlarga navbat keladi. Bu ishlarga 1—1,5 kun vaqt ketadi”, — degan u.

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobillar ustiga qulagan daraxtlar suratlari e’lon qilingan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati qurbonlar haqida ma’lumotlar kelib tushmaganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Aprelda yoqqan qor tufayli Toshkent ko‘chalari qulagan daraxtlar bilan to‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют