» » Toshkent shahrining 5 ta tumanida vaqtincha ichimlik suvi bo‘lmaydi

Toshkent shahrining 5 ta tumanida vaqtincha ichimlik suvi bo‘lmaydi


Quvurlarga shikast yetgani sabab Toshkent shahrining 5 ta tumanida vaqtincha ichimlik suvi bo‘lmaydi. Bu haqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” korxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

8-apreldan 9-aprel kuniga o‘tar kechasi poytaxt va Toshkent viloyatida kuchli qor yog‘ishi oqibatida ko‘plab daraxtlarning sinishi, elektr tarmoqlarida uzilishlar va ko‘plab quvurlarning shikastlanishi kuzatildi. Jumladan, Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Toshkent XET” AJ korxonasiga qarashli “Qodiriya” podstansiyasida ham 9-aprel kuni avariya sodir bo‘lganligi sababli elektr ta’minotida uzilish yuzaga keldi.

Ta’kidlanishicha, podstansiyadagi avariya “Toshkent shahar suv ta’minoti” korxonasiga qarashli “Qodiriya” bosh suv inshooti ish rejimiga ta’sir etib, o‘z navbatida shahrning Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Mirobod, Bektemir, Yunusobod tumanlarida to‘liq hamda Olmazor, Uchtepa va Yakkasaroy tumanlarida qisman ichimlik suv ta’minotida uzilishlar va ichimlik suv bosimi pasayishiga sabab bo‘lgan.

“Toshkent shahar suv ta’minoti” korxonasi xodimlari tomonidan ayni paytda zarur barcha tezkor choralar ko‘rilmoqda. Korxona keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Mavzuga doir: Aprelda yoqqan qor tufayli Toshkent ko‘chalari qulagan daraxtlar bilan to‘ldi

Avvalroq O‘zbekistonda kuchli shamol oqibatida kamida 63 ming xonadon elektr ta’minotisiz qolgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют