» » AQShda 129 nodir avtomobildan iborat kolleksiya sotuvga qo‘yiladi (video)

AQShda 129 nodir avtomobildan iborat kolleksiya sotuvga qo‘yiladi (video)


2020-yil 24-oktabr kuni Amerikaning VanDerBrink kimoshdi uyi 129 nodir avtomobil va mototsikllardan iborat kolleksiyani sotuvga qo‘yadi. Ular shishirma batutlar ishlab chiqaruvchi kompaniya egasi Bob Regerga tegishli bo‘lgan, deb xabar qildi Motor.

Biznesmenning kolleksiyasidan asosan 1928—1987-yillar oralig‘ida Amerikada ishlab chiqarilgan avtomobillar o‘rin olgan. Bundan tashqari, Bob Reger umri davomida o‘z garajiga 1973-yilda ishlab chiqarilgan Jaguar XJ6 va 1979-yilga tegishli Ferrari 308 GTS’ni, shuningdek, Suzuki va Honda CJ360 yapon mototsikllarini qo‘shib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. Uning o‘limidan so‘ng, biznesmenning qarindoshlari barcha mashinalarni sotib yuborishga qaror qildi.

Bob Reger o‘nlab noyob avtomobillarni yig‘gan. Masalan, Ford’ning 1932-yili ishlab chiqarilgan 17 modeli, Chevrolet Corvette’ning 8 ta turli avlodlari, ikkita Ford Thunderbird, 1968-yilgi Chevrolet Camaro RS va 1970-yilgi Plymouth Cuda, shuningdek, 1972-yili ishlab chiqarilgan Pontiac GTO modellari o‘rin olgan.

Marhumning noyob kolleksiyasi qanchaga baholangani hozircha noma’lum. Ta’kidlanishicha, barcha avtomobillar ulkan omborda saqlanmoqda va ularning aksariyati juda yaxshi ahvolda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют