» » Pol Makkartni, Elton Jon va Madonnaning avtomobillari Bonhams auksionida sotuvga qo‘yiladi

Pol Makkartni, Elton Jon va Madonnaning avtomobillari Bonhams auksionida sotuvga qo‘yiladi


The Beatles guruhining a’zolari Pol Makkartni va Ringo Starr, shuningdek, qo‘shiqchi Elton Jon va Madonnaga tegishli bo‘lgan avtomobillar dekabr oyida Londondagi Bonhams auksionida sotuvga qo‘yiladi, deb xabar berdi “TASS”.

Eng qimmat lot dastlab Makkartniga tegishli bo‘lgan, 1964-yilda ishlab chiqarilgan Aston Martin DB5 hisoblanadi. Uning dastlabki narxi 1,25—1,50 million funtga (1,66—1,99 million dollar) baholanmoqda. Starrga tegishli 1966-yilda ishlab chiqarilgan Austin Mini Cooper ‘S’ning narxi esa 90—120 ming funt (119—159 ming dollarga) atrofida.

Savdoga qo‘yilgan Bentley markasidagi ikkita avtomobil o‘z vaqtida Elton Jonga tegishli bo‘lgan. 1959-yilda ishlab chiqarilgan Bentley S1 Continental (530—662 ming dollar) mashhur siyosatchi va teleboshlovchi Alan Shugar sotib olguniga qadar chorak asr davomida qo‘shiqchining kolleksiyasida saqlangan. 1960-yilgi Bentley S2 Continental Flying Spur’dan esa (212—252 ming dollar) Elton tez-tez foydalanib turgan.

Shuningdek, kimoshdi savdosida qo‘shiqchi Madonna va kinorejissor Gay Richi 2000-yilda nikoh marosimiga yo‘l olgan Rolls-Royce Silver Cloud (1959-yilgi) ham sotuvga qo‘yilgan. Uning dastlabki narxi 795 ming—1,06 million dollarni tashkil etadi.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют