» » Brejnevning “ZIL”ini ko‘chmas mulkka almashtirish taklif qilindi

Brejnevning “ZIL”ini ko‘chmas mulkka almashtirish taklif qilindi


Moskvada Leonid Brejnevga tegishli bo‘lgan “ZIL-117” sedani sotuvga qo‘yildi. Mashinaning narxi 54 million rublga baholanmoqda. Shu bilan birga avtomobil egasi “ZIL”ni ko‘chmas mulkka almashtirishi ham mumkin. Bu haqdagi e’lon Avito’ga joylashtirildi, deb xabar berdi “Motor”.

Ma’lumotga ko‘ra, avtomobil 1972-yilda ishlab chiqarilgan (“ZIL-117” 1971-yildan 1978-yilga qadar ishlab chiqarilgan). Hozirga qadar 10 ming kilometr masofa bosgan. Sotuvchining e’lonida, mashinaga birgina odam egalik qilgani ko‘rsatilgan. Gap bevosita Brejnev haqida ketmoqdami yoki yo‘q aniqlik kiritilmagan.

Avtomobil V8 sig‘imli 303 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan. Motor avtomatik uzatmalar qutisi bilan ishlaydi. Mashinaning uzunligi 5725, eni 2068 , balandligi esa 1540 millimetrga teng. Sedanning g‘ildiraklar bazasi 3300 millimetrni tashkil etadi. Og‘irligi 2880 kilogramm.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-09-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют